Nega bu loyiha qilindi? Ha, qiziq savol.
Menga bu loyihani tashkil qilishimga turtki bo‘lgan narsa bu, birinchi navbatda akam va kelinoyim(akamni turmush o‘rtog‘i) va o‘zimga o‘xshagan odamlarga qulay imkoniyat yaratish maqsadi. O‘zimga o‘xshagan odamlar? Ha, o‘zimga o‘xshagan odamlar.
Menda yoshligimdan va hozir ham odamlar bilan chiqisha olish qobiliyati deyarli yo‘q desa ham bo‘ladi va shuning uchun ko‘p vaqtim uyda o‘tadi. Shuning uchun ham o‘quv markazlariga borish va aslini olganda offlayn taʼlim yoqmaydi. Platformani tayyorlashdagi bilimni ham o‘zim (self study) qilib o‘rganganman. Shuning uchun boshqa o‘zimga o‘xshagan insonlarga ham qulay sharoit yaratishga harakat qilaman.
Bu platformaning asosiy maqsadi ham shunga qaratilgan va shahardan uzoqda, boshqa viloyatda o‘qishga qiziqishi bor ammo sharoit (o‘quv markazlar, kutubxonalar va shunga o‘xshagan taʼlim maskanlari(maktab mustasno)) mavjud bo‘lmagan insonlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ishga tushirildi.
Loyiha boshlanish tarixi
Loyihani ideasi va boshlanishi 2022-yillarning 1-qismiga to‘g‘ri keladi. Ha o‘sha paytlar akamni turtkisi bilan WordPress CMS ni o‘rganishni boshladim. O‘rganish oson bo‘lmagan. Deyarli o‘zbek tilida video darslar, hattoki offlayn darslar ham mavjud emasdi. Va shundan so‘ng ingliz tili bilan birga WordPressni ingliz video yaratuvchilari tomonidan yaratilgan kurslar orqali o‘rganishni boshladim.